Yevropa klublarining titul va texnik homiylardan qancha pul topishini bilasizmi? Bu borada Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi yetakchilik qiladi.
«MYu» Adidas va Chevrolet'dan yiliga 154 million yevro foyda ko‘radi. «Barselona»ga esa Nike va Qatar Airways yiliga 115 million yevro berishadi. «Bavariya»ning Adidas va T Mobile kompaniyalaridan oladigan foydasi 106 million yevro.
Madridning «Real» klubi bu borada oltinchi o‘rinda. Adidas va Fly Emirates klub g‘aznasiga har yili 71 million yevro o‘tkazib beradi.