Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi Rossiya terma jamoasini Rio–2016 Olimpiada o‘yinlaridan chetlashtirmaslik bo‘yicha qaror qabul qilgan.
«Match TV» telekanali rahbari Tina Kandelaki o‘z tvitterida shu haqda ma'lum qildi.
«Bizning manba Rossiya vakillari Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etishi haqida ma'lum qildi.
Bir necha daqiqadan keyin efirga chiqamiz», deya yozgan u.
Bugun Shveytsariyaning Lozanna shahrida bo‘lib o‘tayotgan XOQ Ijroqo‘mi yig‘ilishida Rossiya terma jamoasining Olimpiada o‘yinlaridagi taqdiri hal qilinishi kutilayotgandi.
Bundan oldinroq Daily Mail nashrida Butunjahon doping agentligi (WADA) o‘tkazgan surishtiruvdan so‘ng Rossiya termasini Rio–2016 o‘yinlaridan chetlashtirish tavsiya etilgani xabar qilingandi.
Gazeta XOQdagi manbasiga tayanib doping butun sport olamiga hujum ekanini ko‘rsatish maqsadida Rio–2016 Olimpiadasiga yo‘llanma olgan barcha 387 rossiyalik sportchi chetlashtirilishini yozgandi.