Afsonaviy braziliyalik futbolchi Pele Rio-de-Janeyroda o‘tadigan Olimpiada o‘yinlarining ochilish marosimida ishtirok etadi. Bu haqda UOL internet portali xabar bermoqda.
Pele 22 iyul kuni o‘zi tug‘ilgan shahar Santosda o‘tgan estafetada ishtirok etdi. Olimpiya olovi Pelega bag‘ishlangan muzeyda yoqildi, futbolchining o‘zi esa balkondan chiqib,qo‘lida fakel bilan muxlislari bilan uchrashdi. Shu sabab u sog‘lig‘idagi muammolar sabab, aynan estafetaning o‘zida qatnasha olmadi.
5 avgust kuni “Marakana” stadionida bo‘ladigan ochilish marosimida u aynan qaysi rolni ado etishiga aniqlik kiritilmagan. To‘g‘risini aytganda bu holat sir tutilgan. UOL portalining aytishicha, 75 yoshli futbochi ochilish marosimida eng asosiy mezbonlardan biri bo‘ladi.