OAV: Afg‘onistondagi harbiy operatsiya davomida 53 jangari yo‘q qilindi

Jahon 19:42 / 24.07.2016 6967

Afg‘oniston qurolli kuchlari butun mamlakat bo‘ylab o‘tkazilgan harbiy operatsiya davomida 53 jangarini, jumladan IShIDning 49 nafar a'zosini yo‘q qilishdi. Bu haqda Afg‘oniston mudofaa vazirligiga iqtibos keltirgan holda "Sinxua" axborot agentligi xabar bermoqda.   

Vazirlikda harbiylar va maxsus xizmatlar 10 ta afg‘on viloyatida operatsiya o‘tkazganlari ma'lum qilindi. 

Hammasi bo‘lib 53 jangari yo‘q qilindi, 14 nafari yaralandi va 3 nafari qo‘lga olindi. IShID a'zolari hukumat qo‘shinlari Nangorxor viloyatida guruh pozitsiyalariga hujum qilganlaridan keyin yo‘q qilingan. Shuningdek, IShIDning 10 ta bunkeri va qurol-aslaha ombori yakson qilingan.   

Ma'lum qilinishicha, operatsiya davomida Afg‘oniston armiyasining 4 nafar harbiysi halok bo‘lgan. 

Terrorchilarga qarshi katta miqyosdagi operatsiya 23 iyulda Afg‘oniston poytaxti – Kobulda amalga oshirilgan teraktdan keyin o‘tkazildi. Terakt oqibatida kamida 80 kishi halok bo‘lgan va 230 dan ko‘proq kishi yaralangan.

Ko‘proq yangiliklar: