Kuvaytda dunyo tarixidagi eng issiq kun qayd etildi

Jahon 19:53 / 24.07.2016 20917

Kuvaytda 21 iyul kuni insoniyat tarixidagi eng issiq kun bo‘lgan. Bu haqda iqlim tarixi bo‘yicha mutaxassis Kristofer Bertga asoslanib, Daily Mail xabar tarqatgan.

Aniqlik kiritilishicha, Mitribax shahrida o‘sha kuni harorat 54 °C darajaga ko‘tarilgan.

Shuningdek, shu vaqtda Iroqning ba'zi hududlarida 53,9 °C daraja issiq qayd etildi.

Bundan avval 54 daraja harorat ikki martagina qayd etilgan: 1913 yil 10 iyul Kaliforniyada hamda 1922 yil 13 sentabrda Liviya sahrolarida.

Biroq mutaxassislarning fikricha, har ikki holatda haroratni diletantlar (havaskorlar) o‘lchagan. Shu bois 1913 va 1922 yillardagi jaziramalar ishonchli bo‘lishi mumkin emas.

Bundan buyon "Eng yuqori harorat" nominatsiyasi bo‘yicha jahon rekordi rasman Kuvaytdagi jaziramaga tegishli.  

Ko‘proq yangiliklar: