Hindiston hukumati Xitoyning “Sinxua” axborot agentligida ishlovchi va mamlakatda faoliyat yurituvchi uch nafar xodimini davlatdan chiqarib yuboradi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.
Ma'lum bo‘lishicha, Hindiston hukumati ushbu uch nafar jurnalistning vizasini uzaytirmagan va holatga oydinlik kiritmagan. Ularning o‘rniga boshqa jurnalistlar jo‘natishlariga rozi bo‘lgan.
Xabarga ko‘ra, ular vizasini uzaytirilmaganining sababi, jurnalistlarni Bangalor shahrida Tibet faollari bilan uchrashgani bo‘lishi mumkin.
Aniqlik kiritilishicha, jurnalistlardan biri Hindistonda yetti yildan beri ishlab keladi. Qolganlar esa o‘z vizalarini bir necha bor uzaytirishgan.