Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqish qarori jahon iqtisodiyotiga ishonchsizlik qo‘shdi, deb aytdilar Xitoydagi sammit yakunlangandan keyin "Katta yigirmatalik"ka a'zo davlatlar moliya vazirlari.
"Kelajakda biz Buyuk Britaniya YeIning yaqin hamkori bo‘lib qoladi, deb umid qilamiz", deyilmoqda guruh bayonotida.
Britaniya moliya vaziri Filip Xemmondning aytishicha, "breksit" mavzusi ikki kunlik muzokaralar davomida bir necha marotaba ko‘tarildi.
"Haqiqat shundayki, mavhumlik bizning YeI bilan undan chiqish bo‘yicha muzokaralarimiz yakunlanguncha saqlanib qoladi", deb aytdi Xemmond jurnalistlarga.
Xitoyning Xanchjou shahrida o‘tgan sammitdan keyin ishtirokchi mamlakatlar delegatsiyalari rahbarlari dunyoning yirik iqtisodiyotlari "breksit"ning iqtisodiy va moliyaviy asoratlariga dosh bera olishlarini aytdilar.
Germaniya federal banki rahbari Yyens Vaydman aytganidek, hozircha Britaniyaning YeIdan chiqish qaroridan Yevropa iqtisodiyoti ziyon ko‘rganining hech qanday alomatlari sezilmayapti.
Jahon iqtisodiyotiga ta'sir qiluvchi boshqa omillar geosiyosiy ixtiloflar, terrorchilik va qochqinlar kelishini o‘z ichiga oladi.