Taniqli futbol agenti Mino Rayola "Roma" jamoasi sotuvga qo‘yilsa, bu jamoani sotib olishga tayyor.
Zlatan Ibrahimovich, Genrix Mxitaryan, Pol Pogbaning agenti hisoblanadigan Rayola yozgi transferlar vaqtida bu futbolchilarning ikkisini "MYu"ga transfer qilishga ulgurgan, uchinchisining transferi yakuniy pallada turibdi.
"Agar "Roma" sotuvga qo‘yiladigan bo‘lsa, investorlar guruhi bilan birgalikda bu xaridni amalga oshira olaman. Bu qiziq loyiha bo‘lardi. Men avval "Inter"ni sotib olish haqida o‘ylab ko‘rgandim, lekin yakunda bu g‘oyadan voz kechgandim.
Amerikalik xo‘jayinlar hozirda "bo‘rilar"ga yetarlicha e'tibor qaratishmayapti. Men ularning rejalariga ishonmayman. Xuddi, "Inter"dagi loyihaga ishonmaganim kabi", deya uning so‘zlarini keltiradi Squawka.
Manba: Tribuna.uz