“Sanderlend” klubi Devid Moyyes jamoa bosh murabbiyi lavozimini egallagani haqida ma'lum qildi. Klub rasmiy sayti bergan ma'lumotga ko‘ra, 53 yoshli mutaxassis bilan 4 yillik shartnoma imzolandi.
“Men “Sanderlend”ga qo‘shilishdan juda xursandman. Men uchun bu yangi chaqiruv va yangi imkoniyatlar. Men Angliya Premer ligasiga qaytishdan xursandman”, – dedi Moyyes.
Bunga qadar jamoani 22 iyul kuni Angliya terma jamoasi bosh murabbiyligini egallagan Sem Ellardays boshqargan. O‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra, “Sanderlend” 17-o‘rinni band qilgan.