AQSh prezidenti maxsus vakili Brett Makgerk Rossiya IShID terrorchilik guruhiga qarshi kurashuvchi xalqaro koalitsiyada ishtirok etishi hozircha istisno qilinishini aytdi. Bu haqda Sky News Arabia xabar berdi.
"AQSh Suriya hukumatini moddiy va harbiy tomondan qo‘llab-quvvatlovchi Moskvaga ishonmaydi", deb tushuntirdi Makgerk.
U Vashington va Moskva "Jabhad an-Nusra" terrorchilariga qarshi zarbalarni muvoqiflashtirishini va umuman olganda Rossiya Suriya hukumati harbiy harakatlarni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvni bajarishi uchun unga katta bosim o‘tkazishi lozimligini aytdi.
Avvalroq Rossiya harbiy-koinot kuchlari Suriya sharqidagi isyonchilar bazasiga aviazarbalar bergani ma'lum qilingandi. Bu bazadan AQSh va Buyuk Britaniya maxsus kuchlari foydalanadi.