Wikileaks portali AQSh Demokratik partiyasi milliy qo‘mitasining 20 ming elektron maktubini chop etdi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi ma'lum qildi.
Hammasi bo‘lib 19 252 ta maktub va 8034 ta rahbariyatdan ilovalar chop etilgan.
Shu bilan birga ta'kidlanishicha, maktublarni chop etishdan maqsad AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Xillari Klintonni fosh qilish hisoblanadi. "Bu bizning Hillary Leaks deb atalgan yangi seriyamizning birinchi qismidir", deyilmoqda saytda.
RIA “Novosti” ta'kidlashicha, Demokratik partiya milliy qo‘mitasining ma'lumotlar bazasi buzilgani haqida avvalroq ma'lum bo‘lgan. Buning uchun javobgarlikni Guccifer 2.0 taxallusi ostidagi xaker o‘z zimmasiga olgan.