Turkiya bosh vaziri o‘rinbosari: Su-24 samolyotini urib tushirganlar davlat to‘ntarishiga aloqador

Jahon 12:05 / 23.07.2016 11408

Suriya osmonida Rossiyaning Su-24 bombardimonchi samolyotini urib tushirganlar Turkiyadagi davlat to‘ntarishini amalga oshirishga urinishgan. 

Bu haqda, Turkiya bosh vaziri o‘rinbosari Mehmet Shimshek G20 moliya vazirlari va markaziy bank rahbarlarining sammiti doirasida TASSga bergan intervyusida ma'lum qilgan.

"Rossiya jamoatchiligi, Su-24 samolyotini urib tushirgan uchuvchilar keyinchalik davlat to‘ntarishiga urinishda ham ishtirok etganlarini bilishini istardim. Shunga ko‘ra, aytish mumkinki, biz qandaydir yashirin til biriktirishga duch keldik", - degan Shimshek. 

Uning qayd etishicha, samolyotni urib tushirish  "siyosiy mazmunga ega bo‘lmagan". Shimshek ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarda xavotirlar ko‘zga tashlanmasligiga umid bildirdi. U, shuningdek, Turkiya hukumati Rossiya bilan do‘stona aloqalarni yaxshilash niyatida ekanini ta'kidlagan. 

“Turkiya va Rossiya aloqalarining yaxshilanishi ikki mamlakat iqtisodiyotlari uchun ham birdek foydali bo‘ladi”, - degan Turkiya bosh vaziri o‘rinbosari.

Ko‘proq yangiliklar: