Rafiqasining umriga zomin bo‘lgan ichkilikboz er uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etildi

Jamiyat 14:59 / 23.07.2016 15245

Soyibjon (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) tabiatan qo‘rs va o‘jar, qaysarligi tutganda onasi, akasi bilan gap talashib janjal chiqarar, spirtli ichimlik ichib olganida esa odam tanimay mushtlashardi. Aynan betga choparligi, o‘jarligi tufayli biror joyda muqim ishlamadi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.

Kunlardan bir kun u uyga ichib keldi. Arzimas bahona topib xotini Mahbubaxonni duch kelgan joyiga uraverdi. Qo‘liga tushgan o‘tin bilan boshiga soldi. Dod solib ko‘chaga qochgan Mahbubaxonning ortidan quvdi. Yetib olgach, urib yiqitdi. Sochini changallab sudradi.

Bu voqealardan xabar topgan qo‘shnisi Muxtorjon, akasi Sobirjon bilan hodisa joyiga yetib kelishganida Mahbubaxon ko‘chada yuz-ko‘zlari qonga belangan, behush yotardi. Qo‘shnilaridan birining mashinasida kasalxonaga olib ketishdi. Ayol shifoxonaga yetib bormadi, yo‘lda joni uzildi.
Turmush o‘rtog‘ining hayotiga zomin bo‘lgan S.Ahmedov sud hukmi bilan uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

Ko‘proq yangiliklar: