Panamada avjiga chiqqan gripp oqibatida halok bo‘lganlar soni 60 nafarga yetdi

Jamiyat 12:46 / 23.07.2016 4374

Panamada A grippining (H1N1) tarqalishi oqibatida halok bo‘lgan insonlar soni 60 nafarga yetdi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi ma'lum qilgan. Uning ma'lumotlariga ko‘ra, o‘lim holatlarining 90 foizi kasalxonalarda uzoq yotib davolangan bemorlarda qayd etilgan.

3000 nafar kishi shu xastalikka chalinib, kasalxonaga joylashtirilgan. Ayni damda ulardan 2780 nafari chiqarilgan. Yana 278 nafar kishi zarur davolanish muolajalarini olish uchun shifoxanda qoldirilgan. 22 apreldan to bugungi kunga qadar aholisi 4 mln kishi bo‘lgan Panamada 1,905 mln kishi mazkur grippga chalindi. 

Hukumat o‘z fuqarolariga ehtiyot choralarini ko‘rishni tavsiya qilmoqda hamda ularga grippga qarshi bepul vaksina tarqatmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: