Turkiya jumhuriyati prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Rossiya davlat rahbari Vladimir Putin bilan uchrashuv ehtimoli o‘rganib chiqilayotgani haqida ma'lum qildi. U, France 24 telekanaliga bergan intervyusida shu haqda bayonot bergan.
«Hozirgi vaqtda, Turkiya TIV xodimlari ushbu mavzuda rossiyalik hamkasblari bilan muzokaralar olib bormoqda. Albatta, Turkiyadagi so‘nggi voqealar tashrif muddatiga hech qancha ta'sir ko‘rsatmasligi kerak. Shunga ko‘ra, fikrimcha, agar kutilmagan biron voqea yuz bermasa, Rossiya davlat rahbari bilan uchrashuvimiz avgust oyi o‘rtalarida bo‘lib o‘tadi», — degan Erdo‘g‘an.
Shunday qilib, avgust oyining o‘rtalarida Rossiya prezidenti Putin Turkiya rahbari Erdo‘g‘an bilan uchrashishi mumkin.