Bangladeshda qayiq to‘ntarilib ketishi natijasida sakkiz kishi cho‘kib ketdi 

Jamiyat 18:27 / 23.07.2016 5066

Bangladeshda qayiq qulashi natijasida sakkiz kishi halok bo‘ldi, yana o‘nlab odamlar izsiz g‘oyib bo‘ldi. Bu haqda “Sinxua” agentligi xabar bermoqda.

Qayiq Bangladesh poytaxti Dakka shahridan uncha uzoq bo‘lmagan Narsingdi okrugidagi Arial Xon daryosida ag‘darilib ketgan. Tirik qolganlarning gapiga ko‘ra, uning bortida 30 nafar kishi bo‘lgan.

Politsiya vakilining agentlikka bergan xabariga ko‘ra, mahalliy aholi daryodan sakkiz kishining jasadini olib chiqqan. G‘avvoslar daryo tubiga cho‘kib ketgan qayiqni qidirmoqda. Qutqaruvchilarning aytishicha, bort ostida boshqa yo‘lovchilarning jasadi bo‘lishi mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: