Halqaro Olimpiya qo‘mitasi Pekin va Londondagi Olimpiada ishtirokchilarida doping aniqladi

Sport 00:19 / 23.07.2016 4887

2008 va 2012 yillardagi Pekin va London yozgi Olimpiadalarda ishtirok etgan sportchilarning doping-namunalarini qayta tekshirishning ikkinchi bosqichi natijalariga ko‘ra, taqiqlangan moddalarning qo‘llanishi bo‘yicha 45 ta yangi holat aniqlandi. Bu haqda 22 iyulda XOQ saytida ma'lum qilindi.   

Ikkinchi bosqich tadqiqotlari Pekin Olimpiadasida 8 ta turli sport turida ishtirok etgan, 8 davlatdan 30 nafar atlet va London Olimpiadasida 2 sport turida ishtirok etgan, 9 davlatdan 15 ishtirokchiga taalluqli bo‘lgan. 

XOQ qandaydir ismlar, sport turlari va mamlakatlar nomini keltirmagan, biroq Pekindagi Olimpiada aksildoping qoidalarini buzgan 30 sportchining 23 nafari o‘yinlar sovrindorlari hisoblanishini ma'lum qilgan. Qoidalarni buzgan barcha atletlar 2016 yilgi Olimpiadadan chetlatiladi. 

Ikki bosqichli tekshiruv davomida hammasi bo‘lib 98 ta ijobiy doping-sinov aniqlangan. 3- va 4-bosqich tekshiruvlarni Braziliyadagi Olimpiadadan keyin o‘tkazish belgilangan. 

24 iyulda XOQ Rossiya terma jamoasining Riodagi o‘yinlarda ishtiroki masalasi bo‘yicha yakuniy qaror chiqaradi. XOQ matbuot xizmatida tashkilot qaror chiqarishda 21 iyulda rossiyalik yengil atletikachilarga 2016 yilgi Olimpiadaga borishni taqiqlagan Sport hakamlik sudi qarorini inobatga olishi ta'kidlab o‘tildi.

Ko‘proq yangiliklar: