Turkiyaning Kushodas shahrida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi. Asosiy yo‘ldan chiqib ketgan va boshqaruvni yo‘qotgan yengil mashina sohilda dam olayotgan odamlarning ustiga yurib ketgan. Bu haqda Haberler xabar tarqatdi.
Oqibatda bir kishi halok bo‘lgan va bir necha kishi jarohatlangan. Jabrlanganlar orasida ikki yoshli bola ham bor. Turkiya politsiyasi voqea tafsilotlarini o‘rganmoqda.