Turkiya elchixonasi: Mamlakatda dam olish uchun hech qanday to‘siq va cheklovlar mavjud emas

Jahon 20:25 / 22.07.2016 8337

21 iyul kuni Turkiyada 3 oy muddat davom etadigan favqulodda holat tartibining joriy etilishi Turkiya fuqarolarining kundalik hayotidagi huquq va erkinligini chegaralamaydi va dam olish maqsadida kelgan mehmonlarga hech qanday ta'sir ko‘rsatmaydi. Bu haqda Turkiya elchixonasining Toshkentdagi elchixonasi tarqatgan Turkiya Madaniyat va turizm vazirligi murojaatida ma'lum qilingan.

«Mehmonlarimizning Turkiya hududida xavfsiz dam olishi uchun hech qanday to‘siq va cheklovlar mavjud emas», — qayd etilgan murojaatda.

Shuningdek, Turkiyada harbiy to‘ntarilishga urinish munosabati bilan muayyan muddatga yopilgan aeroportlar odatdagi rejimda havo kemalarini qabul qilib, yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatmoqda.

«Salbiy hodisalar Antaliya, Mug‘la va Izmir kabi dam olish hududlarida Turkiya fuqarolari va chet elliklarga hech qanday ta'sir ko‘rsatmadi», deya qayd etiladi elchixona tomonidan.

Ayni vaqtda kurortlar, talab qilingan xizmat ko‘rsatish darajasini ta'minlovchi infratuzilmalar, dam olish bazalari va mehmonxonalar o‘z faoliyatini davom ettirmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: