Ukraina Oliy radasi deputati Nadejda Savchenkoning bayonot berishicha, ukrainaliklar ertami-kechmi Donbassda halok bo‘lganlar uchun kechirim so‘rashi kerak bo‘ladi. Bu haqda Ukraina nashrlari xabar tarqatdi.
Savchenkoning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat aholisi Donbassda halok bo‘lgan otalar, farzandlar va erlar uchun uzr so‘raydi.
«Balkim, bizning uzr so‘rashimizga to‘g‘ri kelar, ehtimol. Ehtimol emas, aniq. Biz kechirim so‘rashimiz va kechirishimiz kerak. Aks holda, tinchlik bo‘lmaydi», — degan Savchenko.
Uning aniqlik kiritishicha, qaysi tomondan bo‘lmasin kechirimni «o‘zining so‘nggi farzandi, o‘g‘lini yo‘qotgan onadan so‘rash lozim».