AQShda istiqomat qiluvchi, Turkiya hukumati muxolifati Fathulloh Gulen va uning 73 nafar tarafdorlari ustidan sud jarayoni Turkiyada noyabr oyi oxirida boshlanadi. Ular, mamlakat hukumatiga qarshi davlat to‘ntarishini uyushtirganlikda ayblanmoqda, deb xabar qilmoqda Anadolu agentligi.
Agentlik manbasiga ko‘ra, Anqara prokuraturasi davlat to‘ntarishiga oid jinoiy ish bo‘yicha ayblov xulosasini qabul qilgan. Shu munosabat bilan, mahkama jarayonining ilk majlisi 22-25 noyabr kunlari boshlanishi mumkin.
16 iyulga o‘tar kechasi Turkiyada hukumatni ag‘darish maqsadida harbiylar isyon ko‘targan edi. Anqara va Istanbul shaharlarida yuz bergan to‘qnashuvlarda 290 kishi halok bo‘lgandi.