Qozog‘istonda Olmaotadagi terakt haqida yolg‘on xabar tarqatayotgan 2 kishi qo‘lga olindi

Jahon 12:26 / 22.07.2016 5549

Qozog‘iston politsiyasi Olmaotadagi teraktlar haqida ijtimoiy tarmoqlarda faol tarzda yolg‘on xabarlar tarqatgan 2 jinoyatchini qo‘lga oldi. Bu haqda shahar ichki ishlar departamenti matbuot xizmati xabar bermoqda.

Eslatib o‘tamiz, 18 iyul kuni qurollangan erkak Olmaotada politsiya xodimlariga hujum qildi. Natijada, 6 kishi halok bo‘ldi, shundan 4 nafari politsiyachilar.

Shaharda maxsus operatsiya o‘tkazildi hamda hujum qilgan shaxs qo‘lga olindi. Mamlakat milliy xavfsizlik qo‘mitasi qo‘lga olinganning ilgari qamalib chiqqan shaxs ekanligini va uning salafiylar bilan aloqasi borligini ma'lum qildi.

Tezkor guruh xodimlari ushbu voqea yuzasidan yolg‘on axborot tarqatayotganlarni aniqlashtirishga qaratilgan operatsiyalarini davom ettirmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: