O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Fan, ta'lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi tomonidan kinematografiya sohasining huquqiy asoslarini takomillashtirishga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi. Bu haqida O‘zA xabar bermoqda.
Mamlakatimizda har yili davlat byudjyeti hisobidan 15 badiiy, 20 hujjatli va ilmiy-ommabop, 10 animatsion film, 60 soatlik ma'naviy-ma'rifiy, o‘quv-uslubiy videofilmlar yaratilmoqda.
Tadbirda sohada erishilgan yutuqlar bilan birga mavjud imkoniyatlardan to‘liq foydalanilmayotgani ham qayd etildi. Ayniqsa, zamonaviy qahramon obrazini yaratish, oliy ta'lim maskanlarida kinodramaturg va rejissyorlarni tayyorlash, xalqaro hamkorlikni kengaytirish, milliy kino mahsulotlarini jahon bozoriga olib chiqish masalalariga alohida e'tibor qaratildi. Bu boradagi huquqiy mexanizmlarni takomillashtirish zarurligi ta'kidlandi.