Yevropa chempionlar ligasining saralash bosqichi doirasidagi o‘yinlardan birida muxlislar haqiqiy shou guvohiga aylanishdi.
Albaniyaning «Partizan» klubi darvozaboni YeChL saralash bosqichi doirasida Vengriyaning «Ferentsvarosh» jamoasiga qarshi o‘yinda spektakl qahramoniga aylandi.
Jamoalarning birinchi o‘yinida hisob 1:1 bo‘lgan, javob uchrashuvining asosiy vaqtida ham shunday hisobdagi durang natija qayd etilgan. Qo‘shimcha bo‘limlarda vaziyat o‘zgarmagach, penaltilar seriyasi boshlangan. Ikkinchi uchrashuvda mehmon jamoa bo‘lgan albanlar jamoasi darvozaboni seriyadagi ilk zarbani "Panenka uslubi"da ijro etgan.
Shundan so‘ng u darvozaga turgan va raqiblarning 3 futbolchisi yo‘llagan zarbani to‘sgan.
Birinchi bo‘lib u Vengriya terma jamoasi safida Yevropa chempionatida ishtirok etib qaytgan, tajribali futbolchi Zoltan Geraning zarbasini bartaraf etgan.
Uning qahramonligi evaziga jamoa keyingi bosqichga yo‘l oldi.