Buyuk Britaniya mudofaa mahkamasi rahbari Maykl Fellonning fikricha, mamlakatning YeI tarkibidan chiqishi, Birlashgan Qirollik qurolli kuchlarini modernizatsiya qilishga turtki berishi mumkin, deb xabar qilmoqda Defence News portali.
Uning so‘zlariga ko‘ra, YeI harbiy sohadagi innovatsiyalar borasida AQShdan 20-40 yilga ortda qolmoqda. Bunga, Yevropa mudofaa agentligining qoida va me'yorlari sabab bo‘layapti. Ittifoq tarkibidan chiqqan Britaniya bu kabi qoidalar bilan chegaralanib qolmagani bois, uning oldida yangi imkoniyatlar paydo bo‘ladi.
Fellon shuningdek, AQSh va Buyuk Britaniyaning texnologiyalarni rivojlantirishdagi aloqalari mustahkamlanishiga umid bildirgan.