Tojikiston Ravshan va Jumshudlar haqidagi maqola tufayli "Komsomolskaya pravda" bilan hamkorlikka nuqta qo‘ydi

Tojikistonda "Komsomolskaya pravda" (KP) gazetasining chop etilishi mamlakatni "Ravshan va Jumshudlar yurti" deb atagan maqola tufayli to‘xtatildi. Bu haqida Dushanbeda bo‘lib o‘tgan brifing chog‘ida KPning respublikadagi hamkori va "Tojikiston" gazetasi bosh muharriri Sharif Hamdampurning so‘zlariga asoslanib, Asia-Plus xabar berdi.
"Maqolani o‘qib chiqib, uning nafaqat jurnalistikaning axloq normalariga, balki professional qonun-qoidalarga ham to‘g‘ri kelmasligini tushundim. Maqolada tojiklar va butun boshli millatni haqorat qiluvchi dalillar mavjud", - dedi
Hamdampur.
Mazkur maqola chiqqan kun Hamdampur "Komsomolskaya pravda" rahbariyati bilan bog‘landi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu holatga nisbatan chora ko‘rishga va'da berilgan, biroq materialga o‘zgartirish kiritilmagan. Nashriyotning hamkori gazeta millat va mamlakatni haqorat qilgani hamda bundan buyon "tojik jamiyatida tarqatilishga haqqi yo‘q"ligini ma'lum qildi.
Gap KPning maxsus muxbiri Sergey Ponomaryovning 16 iyul kuni chop etilgan "Tojikiston: yorug‘ kelajak sari" maqolasi haqida bormoqda. Jurnalist Tojikistonda bo‘lib, sayohat haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashgan. Matnda Ponamaryovning sayohatdan maqsadi respublikada istiqomat qiluvchi ruslar bilan uchrashish bo‘lganligi bildirilgan.
Ponomaryov maqolani Tojikistonga yo‘l olgan samolyotda u yagona rus millatiga mansub kishi ekanligini aytish bilan boshlagan. "Qolganlar esa Ravshan va Jumshudlardan iborat", - deb yozgan muallif.
Hamdapurning so‘zlariga ko‘ra, «Komsomolskaya pravda» Tojikistonda 2006 yildan beri chop etilgan.
Mavzuga oid

15:11 / 19.02.2025
Olimlar 2040 yilda Yerning ichki yadrosi harakatdan to‘xtashi haqida ogohlantirdi

17:52 / 04.12.2024
Tojikiston va Qirg‘iziston umumiy davlat chegarasini delimitatsiya qilishni yakunladi

17:13 / 29.11.2024
Tojikistonda bolalarni xivchin bilan savalagan ayol ushlangani ma’lum bo‘ldi

16:34 / 17.11.2024