Janubiy Koreya Seulning raketalarga qarshi mudofaasini kuchaytiradi

Jahon 13:42 / 19.07.2016 4515

Janubiy Koreya 2018-yilgacha Seul megapolisining raketalarga qarshi mudofaasini kuchaytiradi va shu bilan KXDR tomonidan ehtimoliy hujumlarga qarshi choralar ko‘riladi, deb xabar bermoqda Yonxap agentligi mamlakat mudofaa vazirligiga asoslangan holda. 

Mudofaa vazirligi Kanvondo viloyati harbiy bazasida joylashgan PAC-2 Patriot zenit-raketa tizimlarini, birmuncha samaraliroq PAC-3 tizimlariga almashtirishni rejalashtirmoqda. Ular asosan urib tushirishga mo‘ljallangan bo‘lib, jangovar kallaklarga ega emas. 

Agentlikning qayd etishicha, PAC-3 30-40 km balandlikda, tegmasdan portlatuvchi qurol yordamida raketani urib tushira olsa, PAC-2 raketalari odatda 15-20 km balandlikdagi nishonni bexato urishi mumkin. 

Avvalroq, Yonxap agentligi, KXDR 3ta ballistik raketasining navbatdagi parvozini amalga oshirgani to‘g‘risida xabar qilgan edi. "Skad" rusumidagi raketalar Xvanxe-Pukto viloyatidan Yapon dengizi tomon uchirilgan. 

Raketalarning 500-600 km masofaga parvoz qilgani, janublik harbiylarning fikricha, Janubiy Koreyaning istalgan hududidagi nishonga bemalol zarba berishga kifoya qiladi. 
 

Ko‘proq yangiliklar: