Qurollangan shaxslar guruhi Turkiya shimoli-sharqidagi Trabzon viloyati, Machka tumanida yo‘l politsiyasi postiga hujum uyushtirgan. Hurriyet xabariga ko‘ra, hujum oqibatida bir necha kishi jarohatlangan.
Xabarga ko‘ra, Toshkent vaqti bilan soat 10:45da noma'lum shaxslar politsiyachilarni o‘qqa tutgan. Jarohatlanganlar shifoxonaga yotqizilgan.
Kuch ishlatar tuzilma vakillari hujum qilganlarni bartaraf etish bo‘yicha amaliyot o‘tkazmoqda.