Turkiyada moliya vazirligining 1,5 ming xodimi ishdan chetlatildi

Jahon 00:13 / 19.07.2016 6887

Turkiya moliya vazirligi muholif islom imomi Fathulla Gulen bilan aloqasi bo‘lishi ehtimoli sababli 1,5 ming xodimini ishdan chetlatdi, deb xabar bermoqda vazirlik vakiliga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi. 

Manba ma'lumotlariga ko‘ra, ishdan butun Turkiya bo‘ylab vazirlikning turli bo‘linmalarining xodimlari chetlatilgan. 

Avvalroq Gulenning Turkiyadagi banki ishi muzlatilgani ma'lum qilingandi.  

O‘z navbatida AQSh Gulenni ekstraditsiya qilishga tayyorligini bildirgan.

Ko‘proq yangiliklar: