Turkiya hukumati 2015 yilning noyabrida Rossiyaning Su-24 harbiy samolyotini Suriyada urib tushirgan ikki uchuvchini hibsga oldi, deb xabar bermoqda OAVga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi.
Bu haqda yuqori lavozimdagi turk amaldorlaridan biri ma'lum qildi.
"Suriya chegarasi yaqinida Su-24 samolyotini urib tushirgan ikki uchuvchi hibsga olindi", deb aytdi u.
Su-24 samolyoti 24 noyabrda Suriyaning Lataqiya viloyatida, Turkiya chegarasidan 1 km uzoqlikda urib tushirilgandi.