Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘lu 19 iyul, seshanba kuni Vashingtonga rasmiy tashrif uyushtiradi, deb xabar bermoqda Star turk agentligi.
Ta'kidlanishicha, Chovusho‘g‘luning AQShga tashrifining asosiy sabablaridan biri AQShdan Turkiyaga mamlakatda harbiy to‘ntaruvga urinishni tashkillashtirishda ayblanayotgan muxolif imom Fathulla Gulenning ekstraditsiya qilinishi bo‘yicha muzokaralar bo‘ladi.
Avvalroq Turkiya prezidenti mamlakat hukumati bir necha kun ichida AQShga Gulenning berilishi bo‘yicha rasmiy so‘rov yuborishini aytgan.