Milliarder Donald Trampning saylov kampaniyasi rahbari Pol Manafort CNN telekanali efirida Trampning korteji yo‘l-transport hodisasiga uchraganini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.
Ta'kidlanishicha, voqea Tramp Nyu-York aeroportiga ketayotganda yuz bergan. Milliarder u yerdan Respublikachilar partiyasi qurultoyi o‘tayotgan Klivlendga uchishi kerak bo‘lgan.
"Menga hech kim jabrlanmagani ma'lum qilindi", deb aytdi Manafort.
Manafort voqeaning boshqa tafsilotlarini keltirmagan.
Avvalroq Ogayo shtatidagi Klivlend shahrida Respublikachilar partiyasining milliy qurultoyi boshlangani ma'lum qilingandi.