Tayvanda sayyohlik avtobusi ishtirokidagi yirik yo‘l-transport hodisasi (YTH) ro‘y berishi natijasida 26 nafar kishi halok bo‘ldi. Bu haqida Tayvan markaziy axborot agentligi (CNA) bergan ma'lumotga asoslanib, RIA "Novosti" xabar qildi.
Sayyohlik byurosining ma'lumotlariga ko‘ra, avtobusda Xitoyning Lyaonin provinsiyasidan tashrif buyurgan sayyohlar bo‘lgan.
Baxtsiz hodisa mahalliy vaqt bilan soat 13:00da sodir bo‘lgan. Aeroport tomon harakatlanayotgan avtobus to‘siqqa urilib, yonib ketgan.
Xitoy Markaziy televideniyesi (CCTV) ma'lumotlariga ko‘ra, taxminan 20 daqiqadan so‘ng avtobusdagi yong‘in o‘chirilgan. Avtobus haydovchisi omon qolgan.
Tayvan OAV xabar berishicha, avtobusda 16 nafar ayol sayyoh, 8 nafar erkak sayyoh, haydovchi va gid bo‘lgan, ularning barchasi halok bo‘lgan. Sayyohlik guruhi 12 iyulda ushbu orolga tashrif buyurgan, 19 iyul seshanba kuni bu yerdan ketishni rejalashtirgan.
YTH sabablari hozircha noma'lum. Mazkur hodisa yuzasidan tergov ishi olib borilmoqda.