Rio-2016 olimpiadasida 55 mamlakatdan kelgan politsiya zobitlari xavfsizlikni ta'minlashda ko‘maklashadi

Sport 10:58 / 19.07.2016 3148

Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida o‘tkaziladigan yozgi Olimpiada o‘yinlari vaqtida xavfsizlikni ta'minlash maqsadida Braziliyaning o‘zidan 85 ming nafar huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari, shuningdek, 55  mamlakatdan keladigan 250 nafar politsiya zobiti safarbar etiladi. Bu haqda Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi (XOQ) birinchi vitse prezidenti, Rio-de-Janeyroda 2016 yilda o‘tadigan Olimpiada o‘yinlari muvofiqlashtiruvchi komissiyasi raisi, marokashlik sportchi Navval al Mutavakkil Marokashning Le Matin gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, "Braziliya hukumati imkonlari doirasida turnirdan oldin va keyin ham xavfsizlikni ta'minlashga harakat qilishadi".

"Mehmonlarni xavfning har qanday ko‘rinishidan himoyalash maqsadida xavfsizlik xizmati Olimpiadaga tashrif buyurgan har bir kishini ko‘zdan kechirdi. 400 ming odam to‘g‘risidagi ma'lumotlar tekshirildi. Ular ichida volontyorlar, jurnalistlar va rasmiy shaxslar ham mavjud", - dedi XOQ vitse-prezidenti.

Al Mutavakkilning xabar berishicha, "xavfsizlik kuchlari Olimpiya qishloqchasida, sport obektlarida, sayyohlik zonalarida, shuningdek, aeroport va asosiy trassalarga o‘xshash strategik obektlarda patrullik qilishadi", deb qo‘shimcha qildi u.

Ko‘proq yangiliklar: