Respublikachilar partiyasi vakillari Trampning Meksika bilan devor qurish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlashdi

Jahon 07:59 / 19.07.2016 5510

18 iyulda AQSh Respublikachilar partiyasi qurultoyida qabul qilingan partiya dasturi AQSh prezidenti lavozimiga nomzod, respublikachi Donald Trampning muhojirlarni kamaytirish uchun AQSh va Meksika o‘rtasida devor qurish taklifini birinchi marta rasman qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.  

"Terrorchilik, narkokartel, traffiking va jinoiy to‘dalar vaqtida mamlakatimizda millionlab shaxsi o‘rnatilmagan shaxslarning mavjudligi AQSh xavfsizligi va suverenitetiga katta xavf hisoblanadi. Aynan shuning uchun biz janubiy sarhadlarimizda devor qurilishi va portlar himoyalanishini qo‘llab-quvvatlaymiz", deyilmoqda hujjatda.   

Tramp dasturi bo‘yicha, devor AQShning janubdagi quruqlikdagi butun chegarasini egallashi kerak.

Klivlendda Respublikachilar partiyasi qurultoyi bo‘lib o‘tmoqda. Bu qurultoyda Tramp partiyadan AQSh prezidenti lavozimiga nomzod sifatida taklif qilinadi.

Ko‘proq yangiliklar: