Rossiya prezidenti Vladimir Putin WADA ma'ruzasida aytilgan, rossiyalik sportchilarning doping namunalari natijalarini yashirish sxemasining asosiy ijrochilari aksildoping komissiyasi tergovi yakunlanguncha o‘z lavozimlaridan vaqtinchalik chetlatishlarini aytdi.
Putinning aytishicha, Rossiyalik sportchilarga qo‘yilayotgan ayblovlar "shubhali nomga ega bo‘lgan bir odam ko‘rsatmalariga qurilgan". Taxminlarcha, gap Moskva aksildoping laboratoriyasining sobiq rahbari Grigoriy Rodchenkov haqida ketmoqda. U may oyida The New York Times nashriga bergan intervyusida rossiyalik sportchilar tomonidan Sochi Olimpiadasida doping qo‘llanganini aytib bergan.
Putin aynan kimlar chetlatilishini aytmagan, biroq WADA komissiyasi oxirgi ma'ruzasida Rossiya sport vazirligining barcha amaldor shaxslarining bo‘shatilishini talab qilgan va ayniqsa sport vaziri Vitaliy Mutkoning doping-namunalarni yashirishdagi roliga ishora qilgan.
Putinning aytishicha, u amaldorlarning chetlatishiga javoban sport amaldorlari javobgarligi haqida yakuniy qaror qabul qilish uchun WADA’dan Rossiya huquq-tartibot muassasalari tomonidan tergov o‘tkazilishi uchun "dalillarga asoslangan to‘liqroq, obektivroq ma'lumotni" kutib qoladi.
19 iyulda Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi WADA ma'ruzasi bo‘yicha telefon anjumani o‘tkazadi: bu kuni rossiyalik sportchilarga qarshi sanksiyalar bo‘yicha birinchi qarorlar qabul qilinishi mumkin.