Boyqo‘ng‘ir kosmodromidan uchirilgan yangi "Progress MS-03" seriyasidagi transport kemasi Xalqaro koinot stansiyasi bilan tutashdi, deb xabar bermoqda Parvozlarni boshqarish markazi vakiliga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi.
Tutashish avtomatik ravishda kutilmagan hodisalarsiz amalga oshdi.
Kema XKSga 2,4 tonnadan ko‘proq turli yuklar, jumladan, yonilg‘i, havo, kislorod, oziq-ovqat mahsulotlari, qurilmalar va ekipaj uchun jo‘natmalar yetkazdi.
Kema koinot chiqindilari va mikrometeoritlardan himoyalanish hamda yangi yagona buyruq-telemetrik tizimlari bilan jihozlangan.