Ommalashgan kun videosi yoxud Shayxlar ham metroda yurishadi

Jamiyat 00:26 / 19.07.2016 16905

BAA vitse-prezidenti va Dubay rahbari Shayx Muhammad bin Rashid Al-Maktumning London metrosida o‘tirib ketayotgan videosi tarmoqlarda ommalashib ketdi. Rahbarning odatiy ko‘ylakda hech kimdan ajralib turmagan holda ketayotgan tasviri Amirlik ijtimoiy tarmoqlarida dushanba kuni tarqala boshladi. 

Dastavval, Shayx Muhammad aks ettirilgan qisqacha rolik BAAning kundalik nashri Al-Roeya tomonidan tvitterga qo‘yildi. Videoda Shayx Mile End bekatiga yaqinlashayotgan tirband poyezddagi yo‘lovchilar orasida jilmayib ketayotganini ko‘rish mumkin. 

Shayx Muhammad o‘zining tabiat, odamlarga bo‘lgan muhabbati bilan tanilgan. Uning ko‘p hollarda mahalliy aholi bilan suhbatlashish maqsadida mashinasini to‘xtatib turishi ham ko‘zga tashlangan. 

Ko‘proq yangiliklar: