Olmaota terakti qurbonlari soni oshdi

Jahon 15:13 / 19.07.2016 17454

Olmaotada 18 iyul kuni ro‘y bergan otishma oqibatida halok bo‘lganlar soni 6 nafarga yetdi. Bu haqda RIA Novosti xabar tarqatgan.

Qayd etilishicha, jarohatlangan holda shifoxonaga yotqizilgan politsiyachilardan birining joni uzilgan.

Shahar politsiyasi ma'lumotida qayd etilishicha, yo‘l-patrul politsiyasi leytenanti Timur Begasilov vafot etgan.
Bundan oldinroq Olmaota teraktida halok bo‘lganlarning oila a'zolariga 45 ming dollar ajratilishi ma'lum qilingandi.

Shuningdek, Olmaota va Ostona politsiyachilari bir kunlik maoshlarini halok bo‘lgan hamkasblarining oilalariga o‘tkazib berdi.

Eslatib o‘tamiz, 18 iyul kuni Olmaotada noma'lum shaxslar Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi Olmaota shahar departamenti va shaharning Almali tumani politsiya departamenti binolariga hujum uyushtirgan edi. Oqibatda 6 kishi, jumladan, 4 nafar politsiyachi halok bo‘ldi. Sakkiz kishi yaralandi, ulardan olti nafari politsiya xodimidir.

Ko‘proq yangiliklar: