Oq uy ma'muriyati AQSh Oliy sudiga mamlakat prezidenti Barak Obamaning immigratsiya rejasi qonuniyligiga doir ishni qayta ko‘rib chiqishni so‘rab, murojaat qildi. Bu haqida Reuters ma'lum qildi.
Amerika prezidentining ma'muriyati taxminan 4 million muhojirni mamlakatdan deportatsiya qilinishdan himoya qilishga urinmoqda.
O‘tgan oyda AQSh Oliy sudi Barak Obamaning 2014 yilda tuzilgan rejasini qo‘llab-quvvatlamadi. Mazkur reja millionlab muhojirlar uchun ishlash imkoniyatini yaratishni ko‘zda tutadi.