Merkel Erdo‘g‘anga o‘lim jazosining Yevropa Ittifoqidagi a'zolik bilan to‘g‘ri kelmasligini eslatib o‘tdi

Jahon 00:24 / 19.07.2016 7116

Germaniya kansleri Angela Merkel Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bilan telefon orqali suhbatda Anqara tomonidan mamlakatda o‘lim jazosi kiritilishi mumkinligiga keskin qarshi chiqdi, deb xabar bermoqda Merkel matbuot xizmatiga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi.   

"Kantsler prezidentni davlat to‘ntaruviga urinish uchun javob choralarini ko‘rishda qonun ustuvorligi tamoyillariga amal qilishga chaqirdi", deyilmoqda matbuot-xizmatida.     

Merkel shuningdek Erdo‘g‘anga Turkiyada o‘lim jazosining qaytirilishi Yevropa Ittifoqidagi a'zolik bilan "hech qanaqasiga to‘g‘ri kelmasligini" eslatib o‘tgan. 

Erdo‘g‘an to‘ntaruvga urinishdan keyin o‘lim jazosining qaytarilishini ortga qoldira olmasligini aytgan. Keyinroq Yevropa kengashi bosh kotibi Turbern Yagland Turkiyada o‘lim jazosi qaytarilishi mumkinligi haqidagi munozarani tanqid qildi.

Ko‘proq yangiliklar: