Meksikadagi yo‘l-transport hodisasida 59 kishi jabr ko‘rdi

Jamiyat 08:24 / 19.07.2016 5662

Meksikaning Chyapas shtatida avtobus ishtirokida yirik yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. YTH oqibatida 59 kishi jabrlandi, deb shtat fuqarolik mudofaasi vazirligiga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar berdi

Vazirlikda ma'lum qilinishicha, YTH Tustla-Guterres shahriga kiraverishdagi yo‘lda yuz bergan. Avtobus aniqlashtirilmagan sabablarga ko‘ra to‘ntarilib ketgan.

Jabrlanganlar shifoxonalarga yetkazilganlar. Ayni vaqtda halok bo‘lganlar haqida ma'lumot kelib tushmagan. Voqea joyiga favqulodda xizmatlar yetib kelishgan. YTH tafsilotlari aniqlashtirilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: