Masdar - BAAda qurilishi boshlangan ekologik shahar

Light 14:40 / 19.07.2016 10863

Masdar — Abu-Dabi amirligi hukumati tomonidan taqdim etilgan eko-shahar loyihasi. Shahar BAA poytaxtidan 17 kilometr uzoqlikda quriladi. Masdarning qurilishi 2030 yilda ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Hukumat va quruvchilar rejasiga ko‘ra, shaharda 50 mingga yaqin inson yashashi mumkin. Aholi muqobil energiya manbai bilan yashashi kerak bo‘ladi, shunda atmosferadagi karbonat angidrid chiqindilari kamayadi. Loyiha bo‘yicha shaharda deyarli mashinalar bo‘lmaydi. Hozirda reja o‘zgardi — muqobil energiya manbai shaharning 50 foiz ehtiyojini qondira oladi, shu sababli atmosferadagi chiqindilarni yo‘qotishning iloji bo‘lmaydi. Hozirda Masdarda 300ga yaqin inson yashaydi, deb xabar beradi Tech Insider. Nashr Masdarda bo‘lgan va shaharning hozirgi holatini tasvirga olgan fotosuratchi Eten Malapert suratlaridan foydalandi.

Ko‘proq yangiliklar: