Invite ichimliklari va "Bystrov" bo‘tqalari yaratuvchisi, tadbirkor Sergey Vixodtsev 48 yoshida vafot etdi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.
Tadbirkorning vafoti sabablari keltirilmagan.
Vixodtsev 1969 yilda Vladikavkazda tug‘ilgan. Moskva davlat universitetining huquqshunoslik fakultetini bitirgan, Stenford universitetida tahsil olgan. 1990-yillarda Invite eruvchi ichimligini ishlab chiqaruvchi kompaniya ta'sischilaridan biri bo‘lgan.