Germaniyada poyezd yo‘lovchilariga bolta bilan hujum qilgan kimsa 17 yoshli afg‘on yigiti bo‘lib chiqdi

Jahon 07:46 / 19.07.2016 6888

Germaniyada poyezd yo‘lovchilariga bolta bilan hujum qilgan kimsa shaxsi ma'lum bo‘ldi, deb xabar bermoqda Focus nemis nashri.

Bavariya ichki ishlar vaziri Yoaxim Xermann bosqinchi 17 yoshli afg‘on yigiti bo‘lganini aytdi.

Ta'kidlanishicha, u bolta va pichoq bilan qurollangan bo‘lgan. 

Hujum oqibatida uch nafar kishi og‘ir jarohatlar olgan.

Avvalroq Vyurtsburg shahri yaqinida erkak poyezd yo‘lovchilariga bolta bilan hujum qilgani oqibatida 14 kishi jarohat olgani ma'lum qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: