Fransiyada yo‘lovchilarni aeroportga tashiydigan haydovchi qo‘poruvchilikka hozirlik ko‘rayotganlikda gumon qilinib, qo‘lga olindi, deb xabar qilmoqda Europe 1.
Xabarlarga ko‘ra, tintuv chog‘ida 23-yoshli yigitning yonidan portlovchi aslaha topilgan. Bundan tashqari, gumondor ekstremistlar bilan aloqador bo‘lishi ham mumkin.
Uning telefonida IShID terrorchi guruhi bayrog‘ining surati aniqlangan.