Raqamli iqtisodiyot va axborot jamiyati masalalari bo‘yicha yevrokomissar Gyunter Ettinger Yevropa Ittifoqi Turkiyada harbiy to‘ntaruvga urinish sababli joriy yilda mamlakat fuqarolariga vizasiz tartib taqdim qilmasligini ma'lum qildi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.
"Men o‘rtamizda yil oxirigacha vizasiz safarlar haqida kelishuv bo‘lmasligini ayta olaman", deb aytdi Ettinger.
Ettinger Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Yevropa Ittifoqi bilan mamlakatda huquq ustuvorligi tamoyillari masalasini hal qilishi kerakligini aytdi.