Filippin Oliy sudi mamlakat sobiq prezidenti Gloriya Makapagal Arroyodan xayriya fondining sakkiz million dollar mablag‘ini talon-taroj qilganligi to‘g‘risidagi ayblovni olib tashladi. Bu haqda “Sinxua” agentligi xabar bermoqda.
Sud, shuningdek, 69 yoshli Makapagal Arroyoni zudlik bilan qamoqdan ozod qilish haqida ham buyruq chiqargan.
Sud vakili Teodor Tening o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma'lum qilishicha, yetarli dalillar bo‘lmagach, 15 nafar sud hay'yati a'zosidan 11 nafari sobiq prezidentni ozod qilish borasida ovoz bergan.