Bawadi 2007 yilda Dubayda mehmondorchilik va dam olishni taraqqiy ettirish maqsadida dunyodagi eng uzun hashamatli mehmonxona zanjirining qurilishi to‘g‘risida e'lon qilgandi. Bu haqida Dubai Holding bosh ijrochi direktori Emirates 24 | 7 nashriga ma'lum qilgan.
“Dubai Holding va Emaar’ning Bawadi qo‘shma loyihasi hozirgi vaqtda erta bosqichlarda”, - dedi Fadel al-Ali. Loyiha tafsilotlari oshkor etilmadi.
Arabian Ranches yaqinida joylashgan Bawadi loyihasi dunyodagi eng uzun hashamatli mehmonxonalar zanjiri bo‘lishi rejalashtirilmoqda. U 51 ta hashamatli mehmonxona va 60 mingdan ortiq xonalardan iborat bo‘ladi.
Loyihaning qurilish maydoni 60 million kvadrat fut bo‘lib, 2,7 million kvadrat fut maydoniga savdo markazlari bunyod etiladi.
Hozirgi vaqtda Dubai va Emaar hamkorlikda Dubai Creek Harbour loyihasini ishlab chiqishmoqda. Unga ko‘ra, Dubayda dunyodagi eng uzun minora – 928 metrli "The Tower" minorasi barpo etiladi.