Avstraliya general-gubernatori Piter Kosgrouv 19 iyulda Kanberrada mamlakatning yangi hukumati vazirlari va ularning o‘rinbosarlaridan qasamyod qabul qildi. Bosh vazir Malkolm Ternbull 2 iyulda bo‘lib o‘tgan parlament saylovlari natijalariga ko‘ra yangi hukumatni shakllantirdi.
Bosh vazir avvalgi vazirlar mahkamasi tarkibini saqlab qoldi va unga tabiiy zaxiralar va Shimoliy Avstraliya ishlari bo‘yicha vazir Mett Kenavanni qo‘shdi. Barcha muhim vazirlar o‘z lavozimlarida qoldilar. Ular qatoriga tashqi ishlar vaziri Juli Bishop, mudofaa vaziri Maris Peyn, bosh g‘aznachi Skott Morrison, immigratsiya va chegaralarni qo‘riqlash vaziri Piter Datton kiritish mumkin.
Bosh vazir jurnalistlar bilan suhbatda oxirgi marta hukumatda xodimlar borasida joriy yil fevralida o‘zgarishlar qilganini eslatib o‘tdi va shuning uchun hozirda sezilarli o‘zgarishlarga zaruriyat yo‘qligini aytdi.